
Foto: Pixabay
Dasturga hujjat topshirish muddati 2027-yil 4-yanvargacha davom etadi.
DAVLATAQSh
DARAJABakalavr
MOLIYALASHTIRISHTo'liq grant
MUDDAT04.01.2027
HOLAT
AQShdagi Duke universiteti xalqaro talabalar uchun Karsh International Scholarship dasturini taklif qiladi. Bu grant talabaning o‘qish, yashash va boshqa zarur xarajatlarini to'liq qoplaydi. Dastur xalqaro talabalarning ilmiy izlanishlari va akademik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.
Grant nimalarni qoplaydi?
- Kontrakt to‘lovi to‘liq qoplanadi
- Yashash va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
- Majburiy to‘lovlar to‘lab beriladi
- Yozgi tadqiqot dasturlari va amaliyotlar xarajatlari qoplanadi
Kimlar qatnasha oladi?
- Bakalavrda o‘qishni xohlovchi xalqaro talabalar
- Moliyaviy yordamga muhtojligini ko'rsata olish
- AQSh fuqaroligiga ega bo'lmaganlar (qo'shaloq fuqaroligi borlar qatnasha olmaydi)
- Bakalavr darajasiga ega bo'lmaganlar
Muhim sanalar
| 4-yanvar, 2027 | Ariza topshirish oxirgi muddati |
Qanday ariza topshiriladi?
- Duke universitetiga bakalavriat bosqichiga ariza topshiring.
- Moliyaviy yordam olish uchun murojaat qiling va kerakli shakllarni to'ldiring.
- Maxsus alohida ariza topshirish talab etilmaydi.
Ko'p so'raladigan savollar
Grant uchun alohida ariza kerakmi?
Yo'q, Duke universitetiga hujjat topshirish va moliyaviy yordam so'rashning o'zi yetarli.
Nomzod qilib ko'rsatish mumkinmi?
Yo'q, tashqaridan nomzod ko'rsatib bo'lmaydi.