GFGrantFeedReklama va hamkorlikUZENRUTelegramga qo'shilish
TelegramInstagram
Bosh sahifa/Yozgi maktab/Xitoy
Yozgi maktab · Bakalavr / Magistr · Xitoy

USTC qishki lageri: Xitoyda akademik va madaniy dastur

Tekshirilgan: 02.11.2026
USTC universiteti binosi (rasm: universitet kampusi va qishki manzara)
Foto: Pixabay
Arizalar 2026-yil 8-noyabrgacha qabul qilinadi.
DAVLATXitoy
DARAJABakalavr / Magistr
MOLIYALASHTIRISHQisman (USTC Fellowship stipendiyasi mavjud)
MUDDAT08.11.2026
HOLAT

Xitoy Fan va texnologiya universiteti (USTC) xalqaro talabalar uchun International Winter Camp 2027 dasturiga qabul e'lon qiladi. Dastur davomida mutaxassislar ma'ruzelari, milliy laboratoriyalar bo'ylab ekskursiyalar, kundalik xitoy tili darslari va madaniy tadbirlar tashkil etiladi. Ishtirokchilar Xitoyning nufuzli universitetlaridan birida bilim olish va Hefei shahridagi hayot tarzi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Kurslar va tadbirlar

  • Boshlang'ich xitoy tili kurslari
  • Akademik ma'ruzalar
  • Laboratoriyalarga sayrlar
  • Madaniy maskinlarga tashriflar

Kimlar qatnasha oladi?

  • Haqiqiy xorijiy pasportga ega Xitoy fuqarosi bo'lmagan shaxslar
  • Jismoniy va ruhiy salomatligi yaxshi bo'lganlar
  • Ingliz tilini yaxshi bilish
  • Bakalavriat yoki magistratura bosqichida o'qiyotgan ro'yxatdan o'tgan talaba (yoki bakalavr/magistr darajasini tamomlab, USTCda o'qishni davom ettirmoqchi bo'lganlar)
Oldin USTC xalqaro qishki yoki yozgi lagerlarida qatnashganlar ariza topshira olmaydi.

Muhim sanalar

8-noyabr, 2026Onlayn ariza topshirish muddati
19-dekabr, 2026Dasturning boshlanish sanasi
1-yanvar, 2027Dasturning yakunlanishi

Qanday ariza topshiriladi?

  1. Online application sahifasiga o'ting.
  2. Ro'yxatdan o'ting va 'Start Application' tugmasini bosing.
  3. 'Application' va 'Non-Degree Programs Application' bo'limidan 'Winter Camp' ni tanlang.
  4. Ariza shaklini to'ldiring, talab qilingan hujjatlarni yuklang va arizani yuboring.
Rasmiy sahifaga o'tish