
Foto: Pixabay
Arizalar 2027-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.
DAVLATGollandiya
DARAJAMagistr
MOLIYALASHTIRISHTo'liq (o'qish to'lovi va 5000 yevro stipendiya)
MUDDAT01.02.2027
HOLAT
Amsterdam ozod universiteti xalqaro talabalar uchun VU Fellowship Programme (VUFP) grantini taqdim etadi. Ushbu dastur iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlashga mo'ljallangan bo'lib, o'qish pulidan 100% ozod qiladi. Shuningdek, yashash xarajatlari uchun 5000 yevro miqdorida NL Scholarship berilishi mumkin.
Kimlar topshirishi mumkin?
- Yevropa Ittifoqi yoki EEA'ga kirmaydigan davlat fuqarosi bo'lish
- Gollandiya fuqaroligiga ega bo'lmaslik
- Akademik ko'rsatkichlarni isbotlay olish (Gollandiya 8 bahosiga teng keladigan GPA)
- Ingliz tilida o'qitiladigan kunduzgi magistrlik dasturiga shartli yoki shartsiz qabul qilingan bo'lish
Muhim sanalar
| 1-dekabr, 2026 | Magistratura dasturiga ariza topshirish uchun tavsiya etilgan muddat |
| 1-fevral, 2027 | VUFP granti uchun ariza topshirishning oxirgi muddati (23:59 CET) |
Qanday ariza topshiriladi?
- Studielink orqali magistratura dasturiga ro'yxatdan o'ting va vu.nl saytidagi shaxsiy panelingizda uni yakunlang.
- Magistratura dasturiga shartli ravishda qabul qilingandan so'ng, application form shaklini to'ldiring.
- GPA hujjati, transkript va baholash tizimi tushuntirishini birgalikda PDF formatida birlashtiring.
- Hujjatni vu.nl saytidagi shaxsiy panelingizning 'Scholarship' bo'limiga yuklang.