
Foto: Pixabay
Ariza topshirish muddati 2026-yil 4-dekabrgacha davom etadi.
DAVLATFransiya
DARAJAMagistr
MOLIYALASHTIRISHTo'liq
MUDDAT04.12.2026
HOLAT
Université Bourgogne Europe xalqaro talabalar uchun Université Bourgogne Eiffel Scholarship dasturini taqdim etadi. Ushbu dastur Fransiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtirilib, Fransiyada magistratura bosqichida o'qishni istagan iqtidorli xalqaro talabalarni qo'llab-quvvatlaydi. Tanlovda muvaffaqiyatli qatnashganlarga oyiga 1 200 evro stipendiya beriladi hamda sayohat va sug'urta xarajatlari qoplanadi.
Kimlar qatnasha oladi?
- Fransiyada tahsil olayotgan talabalar bo'lmasligi kerak.
- 1997-yil 31-martdan keyin tug'ilgan bo'lishi lozim.
Qo'llab-quvvatlanadigan yo'nalishlar
- Fan va texnologiya: Biologiya va salomatlik, Ekologik o'tish, Matematika va raqamli texnologiyalar, Muhandislik fanlari.
- Gumanitar va ijtimoiy fanlar: Tarix, fransuz tili va sivilizatsiyasi, Huquq va siyosatshunoslik, Iqtisodiyot va menejment.
Muhim sanalar
| 4-dekabr, 2026 | Hujjatlarni Xalqaro bo'limga yuborish oxirgi muddati |
| 6-yanvar, 2027 | Campus France milliy arizalarni topshirish muddati |
Qanday ariza topshiriladi?
- Muvofiqlik mezonlarini tekshirib chiqing.
- Université Bourgogne Europe da o'zingizga mos magistratura dasturini tanlang.
- Dastur boshlig'i (koordinatori) bilan elektron pochta orqali bog'lanib, ariza uchun ruxsat oling.
- Ijobiy javob olgandan so'ng, tasdiqnomani Université Bourgogne Europe Xalqaro bo'limiga yuboring va ariza havolasini oling.